1 856
Shavkat Mirziyoyev: «Bugungi sharoitda bizning ko‘zimiz ham, qo‘limiz ham, yuragimiz ham botir bo‘lishi kerak»
Bugungi og‘ir vaziyat har bir fuqarodan o‘z faoliyati va mas’uliyatini yanada kuchaytirishni talab etmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mustaqillikning 29 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ma’lum qildi.
«Bugungi og‘ir vaziyat har birimizdan o‘z faoliyatimiz va mas’uliyatimizni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Xalqimizda «Ko‘z – qo‘rqoq, qo‘l – botir», degan chuqur ma’noli ibora bor. Bugungi sharoitda bizning ko‘zimiz ham, qo‘limiz ham, yuragimiz ham botir bo‘lishi kerak. Belimizni mahkam bog‘lab, pok niyat bilan mehnat qilsak, shubhasiz, ko‘zlagan marralarimizga erishamiz.
Muqaddas kitoblarda aytilganidek, har qanday qiyinchilik ortidan albatta bir yengillik keladi. Barchamiz bunga ishonamiz va qodir Ollohdan shuni so‘raymiz.
Hali ko‘p Navro‘z va Hayit ayyomlarini, tarixiy sanalar va umumxalq bayramlarini hammamiz birgalikda shodu xurramlik bilan o‘tkazamiz, inshoolloh.
Mana, kelgusi yili davlatimiz mustaqilligiga o‘ttiz yil to‘ladi. Mamlakatimiz tarixidagi ushbu unutilmas shonli sanani har tomonlama munosib nishonlashni niyat qilganmiz. Ilohim, shu kunlarga sog‘-omon, yorug‘ yuz bilan yetish hammamizga nasib etsin.
Ma’lumki, bugungi bayram arafasida turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning katta bir guruhi davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. Ularning barchasini qizg‘in tabriklab, ijtimoiy faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilayman», - dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi