14:45 / 01.09.2020
3 523

Dunyodagi eng baland bino bugun O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kiradi

Dunyodagi eng baland bino bugun O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kiradi
Arxiv foto
«Burj Halifa» osmono‘par binosi bugun O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida gavdalanadi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati «Burj Halifa»da O‘zbekiston bayrog‘i 2020 yil 1 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45da 1 minut davomida namoyish etiladi.

Elatib o‘tamiz, mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi tashabbusi bilan mazkur tadbir 2019 yilda ham muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi eng baland bino bugun O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kiradi