Foto: Xalqaro press-klub
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida «tanish bilish»chilik, manfaatlar to‘qnashuvi haqida gapirdi.
«Rivojlangan mamlakatlarda har bir davlat idorasi va xususiy tashkilotda manfaatlar to‘qnashuvining aniq tushunchasi mavjud. Bizda hamma narsa aralashib ketgan — «tanish bilish» ham, manfaatlar to‘qnashuvi ham, biz o‘zimiz hali oxirigacha chegara qayerda o‘tganligini to‘liq anglab yetmaganmiz. Afsuski, barchamiz «tanish-bilish» bu mentalitet deb aytamiz. Ammo madaniyatimiz va urf-odatlarimizni davlat xizmati bilan adashtirmasligimiz kerak.
Biz agentligimizga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qilganimizda, bizga juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi, jumladan, yuqori amaldorlardan ham. Ular: «Buni ishga ol, u qobiliyatli, senga shunaqa odamlar kerak, ishonchli va bilgan odamlarni ishga olish kerak» deyishardi. Men «Agar u qobiliyatli bo‘lsa, unda bizda jamoat komissiyasi bor, sinov jarayonlari mavjud. Men kimni ishga olish va olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qila olmayman yoki buyura olmayman», deb javob berardim.
Ular shuni tushunishlari kerakki, aynan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi shaffof tuzilma bo‘lishi kerak, biz xolisligimiz va adolatimizga shubha qilinishi uchun sabablar yoki ishoralar yaratishga haqqimiz yo‘q. Ammo, afsuski, hatto mansabdor shaxslar, davlat organlari vakillari ham bu farqlarni to‘liq anglamaydilar», deydi Akmal Burxonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi