07:30 / 06.09.2020
3 537

Akmal Burxonov: «Yuqori amaldorlardan ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi»

Akmal Burxonov: «Yuqori amaldorlardan ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi»
Foto: Xalqaro press-klub
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida «tanish bilish»chilik, manfaatlar to‘qnashuvi haqida gapirdi.

«Rivojlangan mamlakatlarda har bir davlat idorasi va xususiy tashkilotda manfaatlar to‘qnashuvining aniq tushunchasi mavjud. Bizda hamma narsa aralashib ketgan — «tanish bilish» ham, manfaatlar to‘qnashuvi ham, biz o‘zimiz hali oxirigacha chegara qayerda o‘tganligini to‘liq anglab yetmaganmiz. Afsuski, barchamiz «tanish-bilish» bu mentalitet deb aytamiz. Ammo madaniyatimiz va urf-odatlarimizni davlat xizmati bilan adashtirmasligimiz kerak.

Biz agentligimizga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qilganimizda, bizga juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi, jumladan, yuqori amaldorlardan ham. Ular: «Buni ishga ol, u qobiliyatli, senga shunaqa odamlar kerak, ishonchli va bilgan odamlarni ishga olish kerak» deyishardi. Men «Agar u qobiliyatli bo‘lsa, unda bizda jamoat komissiyasi bor, sinov jarayonlari mavjud. Men kimni ishga olish va olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qila olmayman yoki buyura olmayman», deb javob berardim.

Ular shuni tushunishlari kerakki, aynan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi shaffof tuzilma bo‘lishi kerak, biz xolisligimiz va adolatimizga shubha qilinishi uchun sabablar yoki ishoralar yaratishga haqqimiz yo‘q. Ammo, afsuski, hatto mansabdor shaxslar, davlat organlari vakillari ham bu farqlarni to‘liq anglamaydilar
», deydi Akmal Burxonov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akmal Burxonov: «Yuqori amaldorlardan ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi»