
Foto: «Yandex»
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov el sevgan xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan yodga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali post qoldirdi.
«Xalqimizda «Yaxshi ota-ona — farzand baxti» degan gap bor. Men shu fikrga bir qo‘shimcha qilmoqchiman, yaxshi ustoz ham shogirdning baxti, omadidir! 5 sentabr kuni agar hayot bo‘lganida ustozimiz, el sevgan xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqov 61 yoshni qarshilagan bo‘lardi.
Afsuski, diltortar qo‘shiqlari bilan minglab qalblarni zabt etgan san’atkor ayni qizg‘in ijod pallasida bu yorug‘ olamni tark etgan. Ustoz-shogirdlik zavqidan masrur onlarim kutilmaganda poyoniga yetib, go‘yoki suyangan tog‘imdan ayrilgandek edim o‘shanda... Axir, ilk ijrolarimni diqqat bilan tinglagan, xatolarimni erinmasdan tushuntirgan va katta sahnada birinchi qo‘shig‘imni ishonch bilan ijro etishga rag‘bat bergan aziz insonim endi yo‘q edi...
Lekin ustozim vafotidan keyingi yillar ham, nazarimda, meni undan uzoqlashtirmadi. Aksincha, har qadamda yonma-yon yurib, qo‘llab turgandek bo‘lardi go‘yo! Otamdek g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan ustozimning samimiy munosabatlari, qo‘shiqchilik saboqlari, insoniy fazilatlari umr yo‘llarimda katta maktab vazifasini o‘tadi. Bu inson men uchun taqdir tuhfasi edi...
Ming shukr, hozir mening ham shogirdlarim bor, ularga Muhriddin Xoliqovdek mehr-oqibatli, ba’zan talabchan ustoz bo‘lishga harakat qilyapman. Bunda u kishining hissasi katta!
Ilohim, Yaratganning o‘zi ustozimizga boqiy dunyo saodatini nasib etsin!»
Ozodbek NazarbekovMuhriddin XoliqovO‘zbekiston RespublikasiMadaniyat vaziriXalq artistiUstoz shogird O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar