Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining «Aviayuklar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari xorijdan yurtimizga keltirilgan pochta jo‘natmalarini o‘rnatilgan tartibda “Rapiscan” rentgen apparati yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Tekshiruv davomida 18 nafar fuqarolar nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalari orasida tegishli bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 67 million so‘mlik 333 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 167-moddasiga binoan yuk kuzatuvchi ya’ni tijorat hujjatlarida to‘liq ko‘rsatilishi kerak edi. Ammo, hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar va tovarlar o‘rtasida nomuvofiqlik bo‘lganligi sababli ular shaxsiy extiyoj uchun emas, aksincha tijorat maqsadida olib kirilgan deb topildi va hozirda ushbu dori vositalari «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan vaqtincha saqlovga olinib, tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 8 iyun 2016 yildagi 191-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan, shaxsiy foydalanish uchun turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari olib kirilishi va olib chiqilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?