20:53 / 07.09.2020
1 962

Giyohvandlik vositalarini yashirincha yetishtirayotgan shaxs fosh bo‘ldi

Giyohvandlik vositalarini yashirincha yetishtirayotgan shaxs fosh bo‘ldi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan muntazam ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro B.X.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxs tomorqasidagi poliz ekinlari orasida giyohvandlik o‘simligini noqonuniy tarzda parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Viloyat IIBning tegishli xulosalariga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositalari tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi bor bo‘lgan “kannabis o‘simligi” ekanligi va og‘irligi 1689 gramm ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 19 avgust 1999 yildagi "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi 813-I-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 12 noyabr 2015 yildagi "Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida"gi VM-330 sonli qarori bilan mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishiga oid munosabatlar tartibga solinadi.

Mazkur qonun hujjatlarida mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat, jumladan, ularni olib kirish va olib chiqish, taqsimlash, ishlab chiqish, tayyorlash, yo‘q qilish, shuningdek, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish faoliyati faqatgina yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan litsenziya asosidagina amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarini yashirincha yetishtirayotgan shaxs fosh bo‘ldi