23:10 / 08.09.2020
1 225

Tanishining fotosuratlarini internetda tarqataman deb 2200 dollar talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi

Tanishining fotosuratlarini internetda tarqataman deb 2200 dollar talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi
2020 yilning 03 sentabr kuni 42 yoshli S.N. (ayol) tanishi 43 yoshli F.A., ning (ayol) shaxsiy fotosuratlarini qo‘lga kiritib, ularni F.A., uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar sirasiga kirishini bilgan holda, kelgusida ushbu rasmlarni uni yaqin qarindoshlariga hamda internet tarmog‘i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga F.A.,dan 2.200 AQSH dollari miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Joriy yilning 04 sentabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet hiyobonida S.N., tanishi F.A., dan 2.200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha S.N., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)