18:54 / 12.09.2020
3 205

Yangi kasallanish holatlari ikki hududda aniqlandi

Yangi kasallanish holatlari ikki hududda aniqlandi
2020 yil 12 sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46721 (+223) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida hamda 25 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 75 yoshli M.M. (ayol) hamda Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli F.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 193 nafar, Toshkent viloyatida 86 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 43359 (+336) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2978 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi kasallanish holatlari ikki hududda aniqlandi