O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligini o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘maklashadi.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 112-moddasida mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilganlik yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazganlik uchun xodim ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatiladi.
Xuddi shu mazmundagi uchta ijro hujjatlari- fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 10.07.2020 yildagi Yu.Sharipovani Kogon tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi va 21.08.2020 yildagi L.Panova Kogon shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi vrach kojvenevrolog, I.Abzalova Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi lavozimiga ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Kogon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Nihoyat, adolat tantana qilib, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining hal qiluv qarori asosida ish beruvchilarning tegishli buyruqlari bekor qilinib, xodimlar ishga tiklanishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi