AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.
15 oktabrdan karanin choralari yana qattiq kuchaytirilishi rostmi, degan savolga mutasaddi quyidagicha javob qaytardi:
— Avvalo shuni ta’kidlash kerakki respublikamizda hali karantin choralari bekor qilinmagan, balki yumshatilgan. Ammo fuqarolarning noto‘g‘ri tushunganliklari natijasida aholi orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emas.
Bir narsani unutmaslik kerak «men, sen, ular» deyilganidek, karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi bizning xatti-harakatlarimizga bog‘liq, agar biz karantin va cheklov tadbirlarini mensinmas ekanmiz, profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yarkanmiz, mutaxassis shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik ko‘payib ketishiga va Respublika Maxsus komissiyasini karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi