
Shu yilning 15 sentabr kuni mamlakatimizda 570 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Xorazm, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 532 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 48 565 nafar bemordan 45 058 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 104 nafar bemordan 483 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar