20:30 / 16.09.2020
3 934

Kosonsoyda yigit va qiz bir-birini pichoqladi

Kosonsoyda yigit va qiz bir-birini pichoqladi
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 15 sentabr, seshanba kuni ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘z joniga qasd qilgan ikki fuqaroning biri kasalxonada vafot etdi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kosonsoy tumani, «Uzunqishloq» MFYda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro I.M. va Kosonsoy tumani «Bog‘» MFYda yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan sevgan qizi bilan bir necha yil davomida yaxshi ko‘rishib yurgan. Biroq ota-onalari ularning turmush qurishlariga qarshilik qilgan.

Shundan so‘ng, yigit va qiz o‘zaro kelishgan holda 2020 yil 15 sentabr, soat 11:00lar atrofida jonlariga qasd qilish maqsadida dala maydoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab K.M. yaxshi ko‘rgan yigiti I.M.ning qorin qismiga bir marotaba urib, so‘ngra pichoqni I.M.ga berib, qorniga urishni so‘ragan. I.M. pichoq bilan K.M.ning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida qiz hushidan ketgan va yiqilib tushishi oqibatida pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirgan va vafot etgan. I.M. esa shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kosonsoyda yigit va qiz bir-birini pichoqladi