2 733
Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotining 15 nafar a’zosi qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkilotining Toyloq, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi 15 nafar a’zosining faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy sudining 2016 yil 26 sentabrdagi qaroriga asosan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston hududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi