21:00 / 24.09.2020
1 860

Tovar moddiy boyliklarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Tovar moddiy boyliklarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi
Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida tovar-moddiy boyliklarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinish holatlari bojxonachilarimiz tomonidan o‘z vaqtida fosh etilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dout-ota” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro H.S. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi postda o‘rnatilgan inspeksion ko‘rik majmuasidan o‘tkazilganida, yo‘l-yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlarning mavjudligi aniqlanib, bojxona ko‘rigi o‘tkazildi.

Natijada, taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilmagan va avtotransport vositasi yukxonasidagi yuklar orasiga xufyona yashirib qo‘yilgan, umumiy qiymati 61 million so‘mlik maishiy texnika va boshqa turdagi tovar moddiy boyliklari mavjudligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tovar moddiy boyliklarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi