2 301
Toshkentda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyati fosh etildi
Huquq-tartibot idoralari 20 bitkoinni 208 ming AQSH dollariga sotayotgan fuqaroni ushlashdi. Bu haqda Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishib, fuqaro F.D.ga “1V” (bitkoin) elektron pul birligini 10 463 AQSH dollaridan hisoblab, “20V” (bitkoin) elektron pul birligini o‘zining 7 foizlik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi