07:37 / 03.10.2020
2 517

Koronavirusga chalinganlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi?

Koronavirusga chalinganlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi?
Foto: RIA Novosti /Ilya Pitalev
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova fuqarolardan kelgan savollarga javob berdi.

Xususan, koronavirusni yuqtirib olgan insonlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi yoki ko‘proq dam olishlari kerakmi, deya berilgan savol bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etdi.

«Hammasi me’yorida bo‘lishi kerak. Kasalligi alomatsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar nafas tizimi funksional holatini va jismoniy faollikni unutmasliklari kerak, ya’ni har kungi ertalabgi qizdiruvchi 10-15 minutlik badantarbiya mashqlari juda muhim. Nafas gimnastikalarini kun davomida 3 marta, imkon qadar 5-10 minutdan amalga oshirish kerak. Chuqur nafas olish 6 sekund davomida va sekin nafas chiqarish 4-5 martagacha. Bu mashqlar virusning o‘pka to‘qimasiga moyilligi borligi uchun ham yaxshi shamollatilgan xonada bajarilishi kerak.

Nafas gimnastikasining juda xilma-xil turlari mavjud: Burdenko usuli, Yoga, Tibet usullari. Siz o‘z shifokoringiz bilan bu usullar xaqida maslahatlashishingiz mumkin yoki ularni har bir kishi mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoqlardan topib, har kim o‘zi uchun mosini tanlab, o‘zlashtirishi mumkin
», - dedi shtab a’zosi.

Ma’lum qilinishicha, COVID-19 bilan kasallanganlar uchun taomlar yengil hazm bo‘ladigan, vitamin, mikroelement va oqsilga boy bo‘lishi kerak.

«Taomlarni kichik hajmda barra salat va ko‘katlar bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bular — qaynatma sho‘rvalar, qiyma go‘shtlaridan tayyorlangan kotletlar, teftellar, frikadelkalar, baliq go‘shti, tvorog, suvda qaynatib chala pishirilgan tuxum, dukkaklilardan tayyorlangan suyuq taomlar, arpa bo‘tqalari.

Shuningdek, ko‘p miqdorda suyuqlik ichilishi maqsadga muvofiq. Turli meva sharbatlari, kompotlar, ko‘k choy, limon, smorodina, zanjabil, asal va malina choylari shular jumlasidan
» - dedi savolga javoban Barno Abdusamatova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga chalinganlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi?