19:30 / 04.10.2020
3 453

«Chinni bozor»dagi tadbirkorlarga paxta terimi uchun 1,5 mln so‘mdan «soliq solingani» haqidagi xabarlar rad etildi

«Chinni bozor»dagi tadbirkorlarga paxta terimi uchun 1,5 mln so‘mdan «soliq solingani» haqidagi xabarlar rad etildi
Foto: Telegram
Zangiota tumani hokimligi Chinni bozori ma’muriyati tadbirkorlardan paxta uchun noqonuniy pul talab qilayotgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi. Tuman hokimligining axborot xizmati 1 oktabr kuni bozorda savdo qilayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ulardan qisqa intervyular olgan.

Shuningdek, tuman hokimligi axborot xizmatining yozishicha, 2 oktabr kuni ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida 2020 yilgi paxta yig‘im-terimi davomida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik hamda terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash ishchi guruh rahbari, Senatning yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Qodirxonova, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva va tuman hokimining o‘rinbosarlari «Chinni bozori»ga borib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan.

Foto: Zangiota tuman hokimligi axborot xizmati


Foto: Zangiota tuman hokimligi axborot xizmati
«Murojaat ikkinchi marotaba mas’ullar tomonidan o‘rganilganda ham ushbu xabarlar o‘z isbotini topmadi», – deyiladi hokimlik xabarida.

Foto: Zangiota tuman hokimligi axborot xizmati
Videoda qayd etilishicha, bozorda 400 ga yaqin tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda va videolavhani tayyorlashda ularning hammasidan bu borada fikr olishning imkoni bo‘lmagan, biroq suhbat olib borilganlarning hammasi paxta yig‘im-terimi uchun bozor ma’muriyati tomonidan «soliq solingani» haqida tarqalgan xabarlarni inkor etgan. Shuningdek, lavhada karantin davrida tadbirkorlardan joy uchun chipta puli ham olinmagani qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Chinni bozor»dagi tadbirkorlarga paxta terimi uchun 1,5 mln so‘mdan «soliq solingani» haqidagi xabarlar rad etildi