08:13 / 05.10.2020
3 926

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi
Koronavirus pandemiyasi vaqtidagi eng xavfli predmet noto‘g‘ri foydalanilayotgan oddiy niqobdir.
Bizda men ularni niqobni samarasiz taquvchilar deb ataydigan kishilar juda ko‘p. Ular bitta bog‘ichdan 10-15 kunlab foydalanishadi, ba’zan undan ham ko‘proq. Bunday kishilarga noqulay bo‘lganda ular shunchaki kaftlari bilan ushlab, yig‘ishtirib cho‘ntaklariga solib qo‘yishadi”, - dedi terapevt Larisa Alekseyeva.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, keyin ular o‘sha qo‘llari bilan yuzlarini ushlashadi. So‘ngra yana o‘sha niqobni taqib uyga kelishadi va u yerda virus issiq va nam joyda faollashadi.

Alekseyeva bu juda xavfli ekanini alohida urg‘uladi.

Shifokor niqobdan foydalanish qoidalarini eslatib o‘tdi: bitta niqobni ikki soatdan ortiq taqmaslik kerak, yuzga teginmagan holda yechib olish va zich yopilgan paketda tashlab yuborish kerak.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, boshqa ehtiyotkorlik choralari haqida ham unutmaslik lozim: o‘ramdagi mahsulotlarni yuvish, kurer keltirgan paketlarga antiseptik bilan ishlov berish hamda kiyim-kechak va poyabzal haqida ham unutmaslik lozim – ularda ham uyga virus “olib kelish” mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi