14:30 / 08.10.2020
3 181

Navoiydagi «samosud» tafsilotlari ma’lum bo‘ldi: ishchini fermer shu ko‘yga solgani aytilmoqda

Navoiydagi «samosud» tafsilotlari ma’lum bo‘ldi: ishchini fermer shu ko‘yga solgani aytilmoqda
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaroni bo‘yin va qo‘l qismlarini arqon bilan bog‘lagan hamda fuqaroga tan jarohati yetkazish alomatlari mavjud ko‘rinishda traktor tirkamasida majburiy ravishda olib ketayotganligi aks etgan video tarqalgani haqida xabar berilgandi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davrida qo‘yidagilar aniqlangan:

Qayd etilishicha, shu yilning 3 oktabr kuni soat 10:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumani «Yangi hayot» MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonida ushbu fermer xo‘jalik ishchisi bo‘lgan 32 yoshli S.Sh. spirtli ichimlik iste’mol qilib mast holda fermer xo‘jaligi rahbari 26 yoshli J.N.ni sha’ni va qadr qimmatini kamsituvchi har xil qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagan.

Fermer xo‘jaligi rahbari J.N. hamda ishchisi S.Sh.ni yuzi va tanasini turli joylariga urib, tepgan holda jarohat yetkazib, bo‘yindan arqon bilan bog‘lab, qo‘shni fermer xo‘jaligi traktorchisi fuqaro 28 yoshli S.N. bilan birgalikda uning traktorida fuqaro S.Sh. ni fermer xo‘jalikning dala shiyponiga olib borib, qiynoqqa solib, daraxtga bog‘lab, tashlab ketganliklari aniqlangan.

O‘z navbatida, ushbu kuni bo‘lgan holatni J.N. o‘zining qo‘l telefoniga video tasvirga olib tanishi T.R.ga «Telegram» messenjeri orqali yuborgan. T.R. ushbu videoni Qiziltepa tumanidagi tanishlariga yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2020 yil 4 oktabr kuni fuqaro S.Sh. fermer xo‘jaligi rahbari J.N.ning Qiziltepa tumani «Azizabod» MFYdagi yashash xonadoniga bir kun oldingi holatga oydinlik kiritish maqsadida borganida fermer xo‘jaligi rahbarining otasi 52 yoshli N.V. o‘zaro vujudga kelgan tortishuvdan so‘ng S.Sh.ni yashash xonadoniga olib kirib tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 138-moddasi 1-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)