09:00 / 09.10.2020
2 445

Xorijdan bojxona to‘lovlarisiz «posilka» yuborishning maksimal miqdori 1000 dollardan 200 dollargacha tushirilishi mumkin

Xorijdan bojxona to‘lovlarisiz «posilka» yuborishning maksimal miqdori 1000 dollardan 200 dollargacha tushirilishi mumkin
Foto: iStock
O‘zbekiston Moliya vazirligi bojxona to‘lovlari olinmaydigan xalqaro kurerlik jo‘natmalariga qo‘yilgan me’yorni besh baravar kamaytirmoqchi. Bu haqda Prezidentning «Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Hujjat bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab bojxona to‘lovlari olinmaydigan xalqaro kurerlik jo‘natmalarida jismoniy shaxsning manziliga kelib tushadigan tovarlarni respublikaga olib kirishning eng yuqori me’yori, bir kalendar chorakda birinchi qabul qilinganda, 1000 dollardan 200 dollargacha tushirilishi va brutto og‘irligi 10 kilogrammdan oshmasligi belgilab qo‘yilishi mumkin.

Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga tovarlarni olib kirishning maksimal me’yorlari oshib ketganda olinadigan yagona bojxona to‘lovi stavkasini pasaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Qaror loyihasi muhokamasi 23 oktabrgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyulida xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan bojxona to‘lovi undirilmaydigan tovarlar uchun bir kalendar chorak mobaynida 1000 dollar hajmida cheklov o‘rnatilgandi. Undan avval bu ko‘rsatkich oyiga 1000 dollarga teng bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijdan bojxona to‘lovlarisiz «posilka» yuborishning maksimal miqdori 1000 dollardan 200 dollargacha tushirilishi mumkin