18:00 / 12.10.2020
3 716

Hukm o‘qildi: “Aybdor o‘ta xavfli retsidivist” deb topildi

Hukm o‘qildi: “Aybdor o‘ta xavfli retsidivist” deb topildi
Aytish joizki, yer yuzida giyohvandlik global muammoga aylanib ulgurdi, shu muammoni oldini olish, insonlar hayotini zararlovchi og‘udan saqlash maqsadida barcha davlatlar bu illatga qarshi keskin kurash olib bormoqdalar.

Giyohvandlikka ruju qo‘ygan har bir kishi undan istalgan paytda voz kechaman, deb uylaydi, lekin bu balodan voz kechish juda qiyin ekanligini inson his eta olmaydi, buning uchun insondan katta kuch va iroda talab qilinadi. BMTning jinoyatchilik va giyohvand moddalar ustidan nazorat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvandlikka ruja qo‘yganlar dunyoda 300 milliondan oshib ketganligi ma’lum qilingan, bu muammo hamon jahonda jiddiy tahdid sifatida ko‘riladi.

Jahonda qayd qilinadigan o‘limlarning 43 ta sababidan, giyohvandlik oqibatida sodir bo‘ladigan o‘lim 19 o‘rinda turadi. So‘ngi yillarda jahon mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham giyohvandlikka qarshi keng qamrovli kurash olib borilmoqda, buning uchun turli huquq-targ‘ibot ishlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng qamrovli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan mana shunday tezkor tadbir davomida, N.E. tomonidan sodir etilgan giyohvandlik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. N.E.ga nisbatan bo‘lgan mazkur jinoyat ishi, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Navbahor tuman sudida 2020 yil 10 iyulda ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sudda aniqlanishicha, N.E.muqaddam bir necha bor sudlangan hamda ikki marotaba ozodlikdan mahrum qilish jazolarini o‘tab chiqqanligidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

N.E. 2020 yil mart oyi boshlarida ta’qiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda yetishtirish maqsadida, Nurota tumanidagi yashash uyi tomorqasiga, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan “kanabis” o‘simligi urug‘ini ekib, ushbu urug‘dan o‘sib chiqqan, 1 tup “kanoplya” (kanabis) o‘simligini yetishtiradi.

Shundan so‘ng, N.E. oson yo‘llar bilan boylik orttirish maqsadida, 2020 yil 18 mart kuni fuqaro B.Z.ga kelgusida o‘tkazib berishi uchun, sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘ziga xos o‘tkir hidli, quruq holatdagi, tarkibida alkoloidlar hamda faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lmagan, sof vazni 9.20 grammni tashkil etuvchi o‘tsimon moddani hamda sof vazni 0.04 grammni tashkil qiluvchi moddani, giyohvandlik moddasi niqobi ostida, giyohvandlik moddasi ekanligiga ishontirib, B.Z.ni aldab, firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazgan, B.Z. o‘z ixtiyori bilan ushbu moddalarni Navbahor tumani IIB JQB xodimlariga topshirgan, shundan so‘ng 2020 yil 20 mart kuni N.E.ning Nurota tumanidagi yashash xonadonini ko‘zdan kechirish jarayonida, sudga oid ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 1.60 grammni tashkil qiluvchi “Marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o‘tkazish maqsadida cho‘ntagida saqlab kelayotgani aniqlangan.

Sud, sudlanuvchi N.E.ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 270-moddasining 1-qismi, 168-moddasining 1-qismi va 25,273-moddasining 2-qismi bilan aybdor deb topdi va unga JKning 59 va 60-moddalarini qo‘llagan holda, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Sud hukmi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan N.E. o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hukm o‘qildi: “Aybdor o‘ta xavfli retsidivist” deb topildi