
G‘allaorol tumanida "Xonimqo‘rg‘on" qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 1034-kilometrida YTH ro‘y berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi 1985 yilda tug‘ilgan B.Q. “Kobalt” avtomobilini Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib uxlab qolgan. Natijada “Kobalt” oldinda harakatlanib ketayotgan “Kamaz” yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.
YTH oqibatida “Kobalt” avtomashinasida bo‘lgan bir nafar fuqaro vafot etgan. Yana biri og‘ir tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar