16:40 / 13.10.2020
2 571

O‘g‘lining «xurmacha qiliqlari» ortidan Olmaliq shahar hokimi ishdan ketdi

O‘g‘lining «xurmacha qiliqlari» ortidan Olmaliq shahar hokimi ishdan ketdi
Olmaliq shahri hokimi Usmon Rahimov ishdan olindi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qilmoqda.

2019 yilning avgust oyidan buyon Olmaliqqa rahbarlik qilgan U. Rahimovning lavozimdan ozod etilishi o‘g‘lining «xurmacha qiliqlari» bilan bog‘liq ekaniga hech kim shubha qilmayapti. Zero, xalq deputatlari shahar kengashining bugun bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov buni ochiq-oshkora aytdi: «...rahbar odam o‘z shaxsiy hayotiga ham e’tiborli bo‘lishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishi lozim». Shu bilan hammasi tushunarli: U. Rahimovga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz, Olmaliqning endilikka sobiqqa aylangan hokimi U. Rahimovning o‘g‘li Dilshod Ismoilov avvaliga «Tracker» rusumli avtomobilni poytaxt ko‘chalarida soatiga 150 km. tezlikda «bosgani» bilan jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Oradan ko‘p o‘tmay (2020 yil, 28 may) jinoiy sheriklari bilan bezorilik qilib, ota-bolaga tan jarohati yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda D. Ismoilov va sheriklariga nisbatan bezorilik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘lining «xurmacha qiliqlari» ortidan Olmaliq shahar hokimi ishdan ketdi