4 408
O‘zbekistonda yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladigan bo‘ldi
«Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 15 noyabrdan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:
- Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;
- ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga o‘z biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.
«Mikrokreditbank» ATB tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:
- tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi;
- mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi asosida 225 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi.
Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadlariga 100 million AQSH dollari ekvivalentida mablag‘ ajratiladi.
- 2022 yil 1 yanvardan Tadbirkorlikka o‘qitishning yagona tizimi ishga tushiriladi;
- 2021 yil 1 yanvarga qadar «Mikrokreditbank» ATBning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi;
- Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi aholini tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususan, ularni o‘qitish, mikrokredit ajratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar duch kelayotgan bir-biriga zid sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bartaraf etish bo‘yicha topshiriq bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)