Foto: «Freepik»
Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og‘ir kechmoqda?
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova bu masalaga e’tibor qaratdi.
To‘qimalar va organlarda ortiqcha yog‘ borligi semizlik deyiladi. Bu dard sog‘liqni saqlash sohasidagi eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib, uning zaminida yuzaga kelgan kasalliklardan har yili taxminan 2,5 million kishining bevaqt vafot etishiga sabab bo‘ladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, tana vaznidan ortiqcha har 10 kilogram insonning umr ko‘rish muddatini 3 yilga qisqartiradi. Semizlikning bir necha turlari bor: birlamchi, gipotalamo va endokrin.
Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha yegulik yeyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yo‘qligi bilan rivojlanadi. Gipatalomo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganda rivojlanadi. Endokrin semizlikda organizmdagi bezlar buzilishi fonida shallanadi.
Semizlik natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi: qandli diabetning 2 turi, saraton, og‘ir yurak qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo‘shma kasalliklar va boshqalar. Ushbu davrda organizmda modda almashinuvi buziladi.
Semizlik tashxisi bor bemorlar koronovirusga chalinsalar, ularning hamrox kasalliklari ham zo‘rayadi va organizm kurashish qobiliyati susayadi. Ular bunday davrda barcha infeksiyalarni yuqtirishga moyil bo‘lib qoladilar. Shuning uchun bunday kasallarda kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi