14:14 / 20.10.2020
949

O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi

O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqida petitsiya joylashtirildi.

«O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish kerak. Aksariyat xorijiy davlatlarda avtomobil boshqarishga o‘n olti yoshdan ruxsat berilgan. Bu orqali maktabning katta sinf o‘quvchilarini ish bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Agar o‘quvchilarning bandligini ta’minlasak, ular orasidagi jinoyatchilikni kamaytirishga ham erishamiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berishni taklif qilamiz
», — deyiladi petitsiyada.

Yakunlanishiga 85 kun qolgan mazkur petitsiyani yoqlab hozirda 230 kishi ovoz bergan, 276 kishi esa qarshi chiqqan.
Petitsiya ostiga qoldirilgan izohlardan ko‘rish mumkinki, ko‘pchilik avtomobil boshqarish huquqini 16 yoshdan emas, balki yanada ko‘tarishni taklif qilgan.

«Yaxshisi 21-22 yoshga ko‘tarish kerak deb hisoblayman. 18 yosh bu juda erta», — deya izoh qoldiradi foydalanuvchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshlarida «Mening fikrim» portaliga sug‘urta polisi yo‘qligi tufayli avtotransport vositasini jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqidagi petitsiya joylashtirilgan va u parlamentda ko‘rib chiqish uchun yetarli bo‘lgan 10 000 dan ortiq ovoz to‘plagandi. Sentabr oxirlarida esa avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirish amaliyoti bekor qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)