2 034
60 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida yurtimizga turli qing‘ir yo‘llar bilan olib kelinayotgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda tezkor qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro I.M. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashinaning saloni va yukxonasida, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati
30 million so‘mlik 10 364 dona yondirgich tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda, fuqaro A.B. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu yuk avtomashinaning yukxonasida, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 30 million so‘mlik 5544 dona qurilishda foydalaniladigan qo‘lqoplar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?