14:45 / 21.10.2020
2 216

Olimlar koronavirus terida qancha vaqt yashashini aniqladi

Olimlar koronavirus terida qancha vaqt yashashini aniqladi
Foto: Getty Images
Yaponiyadagi Kioto prefekturasi tibbiyot universitetining olimlari koronavirus odam terisida to‘qqiz soat davomida faol holatda saqlanib turishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda NHK xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, koronavirus gripp virusiga nisbatan besh martaga ko‘proq yashovchanlik qobiliyatini saqlab turadi.

Dotsent Xirose Rexey va uning hamkasblari koronavirusning odam terisida yashab qolish imkoniyatlarini tekshirish uchun tadqiqot o‘tkazdi. Buning uchun olimlar koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida hamda A turidagi gripp virusidan vafot etgan 100 minglab murdalarning teri namunalarini o‘zaro solishtirgan.

Ular koronavirusning taxminan 9 soat davomida zararli bo‘lib saqlanib turgani, gripp virusi esa 1 soat-u 50 daqiqada kuchsizlanib qolganini aniqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirus terida qancha vaqt yashashini aniqladi