22:50 / 27.10.2020
745

3 mlrd. so‘mga yaqin kredit qarzi uchun qarzdorning ko‘chmas mulki sotildi

3 mlrd. so‘mga yaqin kredit qarzi uchun qarzdorning ko‘chmas mulki sotildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 24.01.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, undiruvchi “Agro bank” ATB foydasiga qarzdorlar “Nobiz Green” hamda “New Orion Group” jamiyatlari va qo‘shimcha javobgar R.Xamidovdan 368 ming 700 AQSH dollari undirish va undiruvni qo‘shimcha javobgar R.Xamidovga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59-uyda joylashgan umumiy maydoni 342 kv.m bo‘lgan binoga qaratish va boshlang‘ich narxini 3 mlrd. 237 mln. so‘m belgilash to‘g‘risidagi 006470/2-sonli ijro hujjati 27.08.2020 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan 27.08.2020 yilda ijro ishi qo‘zg‘atilgan va taraflarga yuborilgan.

Qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli R.Xamidovga tegishli Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan umumiy maydoni 342 kv.m bo‘lgan bino 06.09.2020 yilda xatlangan va band solingan.

08.09.2020 yilda garov mulki bo‘lgan mazkur binoni auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va nusxasi qarzdor R.Xamidov Ravshanga yuborilgan. Garov mulki bo‘lgan bino 12.10.2020 yilda auksion savdolarida 3 mlrd. 237 mln. so‘mga sotilgan. Sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan 2 mlrd. 954 mln. 406 ming so‘m miqdori undiruvchi “Agro bank” ATBning hisob raqamiga joriy yilning 10 oktabr kuni o‘tkazib berilgan va kredit qarzdorligi to‘liq qoplangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)