
30 oktabr kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi To‘xtaqulovlar oilasida bir yo‘la to‘rt egizak dunyoga keldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Paxtobod tumani Boyto‘pi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 23 yoshli Zarifaxon To‘xtaqulova kesarcha kesish yo‘li bilan ikki o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirgan.
Ta’kidlanishicha, chaqaloqlar zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan va kerakli muolajalar boshlangan. Hozirgi vaqtda onasi kattalar jonlantirish bo‘limida, chaqaloqlarning ahvoli esa qoniqarli.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi qiz 1805 gramm, ikkinchisi o‘g‘il — 1890 gramm, uchinchi qiz — 1650 gramm, to‘rtinchi o‘g‘il esa 1655 gramm og‘irlikda tug‘ilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar