15:20 / 31.10.2020
3 076

Koronavirus eng oson ko‘payadigan manba ma’lum bo‘ldi

Koronavirus eng oson ko‘payadigan manba ma’lum bo‘ldi
Koronavirusning eng oson ko‘payadigan manbasi og‘iz bo‘shlig‘i bo‘lib, tupik bezlari, til va qalqonsimon bezlar “SARS-CoV-2” virusi o‘chog‘i paydo bo‘lishi va keyinchalik tarqalishi uchun eng «qulay» joylardir.

Ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib borgan bir guruh amerikalik olimlar xuddi shunday xulosaga kelishdi. Izlanishlar natijasi “medRxiv” portali tomonidan e’lon qilindi.

Yo‘talish yoki gaplashish jarayonida “Covid-19” virusining bir kishidan boshqasiga yuqishi xavfi ortadi. Shu bois tadqiqot mualliflari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda eng samarali himoya vositasi bo‘lgani bois niqob taqish zarurligini ta’kidlashmoqda. Ta’m bilishning yo‘qolishi hamda og‘izning uzoq vaqt quruq bo‘lib qolishi organizmda infeksiya borligining belgisidir”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu izlanish koronavirusning faqat og‘izda ko‘payishini o‘rganishga qaratilgan ilk tadqiqotlardan biridir. Zero, shu kungacha tadqiqotchilarning aksariyati infeksiyaning burun va o‘pkada namoyon bo‘lishiga e’tibor berishgan.

Qayd etish joiz, ushbu izlanish natijalaridan tibbiy amaliyotda rasmiy ravishda foydalanish uchun maqola hali mutaxassis bahosidan o‘tishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus eng oson ko‘payadigan manba ma’lum bo‘ldi