Foto: AQSH Davlat departamenti
30 oktabr kuni AQSH prezidenti ma’muriyatiga qarashli savdo vakilligi idorasi O‘zbekiston, Indoneziya va Gruziyaga nisbatan GSP (Imtiyozlarning umumlashgan sxemasi – tahr.) monitoringi tugatilganini ma’lum qildi.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati ishchilar huquqini himoya qilish borasida sa’y-harakati va sharti bilan GSP ta’qibidan chetlashtiriladi.
«Bugungi e’lon GSP dasturi mehnat standartlarni yaxshilash hamda Amerika biznes doirasi va ishchilarining muvaffaqiyati uchun samarali ish berishini isbotlaydi», — deya idora vakili Robert Laytayzer so‘zlari keltirilgan.
Imtiyozlarning umumlashgan sxemasi – AQSHdagi eng eski va katta savdo imtiyozini beruvchi davlat dasturi hisoblanadi. Bu orqali AQSHga 3,5 mingdan ortiq tovarlar dunyoning 119ta manfaatdor hududlaridan duty-free qoidalari asosida import qilinadi. Imtiyoz dasturga qo‘shiluvchi davlatlar qonuniy o‘rnatilgan saralash talablari, xususan xalqaro tan olingan inson huquqlari, intellektual mulkni himoya qilishi va rioya etishi shart.
GSP dasturi monitoringi O‘zbekistonga nisbatan 2008 yildan buyon yuritilgan. Ta’qib to‘xtatilishiga Xalqaro mehnat tashkilotining o‘tgan besh yil davomida majburiy mehnatdan tizimli foydalanishga chek qo‘yilgani haqidagi ma’lumoti turtki bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatga qarshi kurashni milliy darajada olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi