Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Olmaliq shahridagi «Metallurg» madaniyat saroyi oldida minglab yoshlar to‘plangan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yoshlar ishga kirish istagida yig‘ilishgan. Olmaliq shahar hokimligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun Olmaliq shahrida korxona, tashkilotlar, xususan, OKMK ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda. Yarmarka o‘tkazish uchun «Metallurg» madaniyat saroyi tanlangan bo‘lgan. Biroq, talabgorlarning ko‘pligi, xususan, OKMKga ishga kirish istagida yaqin hududlardan (Pskent, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Bo‘ka, Bekobod) ham kelgan fuqarolar hisobiga mo‘ljallangan joyda odam to‘planish holati yuzaga kelgan.
Shundan so‘ng, zudlik bilan shahar hokimligi, OKMK mas’ullari tomonidan «Mehnat yarmarkasi» mazkur madaniyat saroyiga yondosh hududda joylashgan «Yoshlar bog‘i»ga ko‘chirilgan. Ayni paytda «Yoshlar bog‘i»da Olmaliq shahar sektor rahbarlarining sayyor qabuli ham bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lum qilinishicha, OKMK AJda yirik investitsiya loyihalari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirilish» loyihasi doirasida yangi ob’ektlar, xususan, 3-MBF qurilishi munosabati bilan kombinatda 10 mingta ish o‘rni bosqichma-bosqich ochiladi.
Bugungi «Mehnat yarmarkasi»da yoshlarning murojaatlari o‘rganilib, kelgusida kombinatda ochilishi rejalashtirilgan yangi ish o‘rinlariga qabul masalalari ko‘rib chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi