10:16 / 07.11.2020
2 701

Avtomobil yoqilg‘isi ishlatganlik uchun yig‘im joriy etiladi

Avtomobil yoqilg‘isi ishlatganlik uchun yig‘im joriy etiladi
Benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilishda yoqilg‘i birligi uchun maxsus yig‘im joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Bunday yig‘im turi avval ham bo‘lgan, biroq 2019 yilning 1 yanvaridan uning o‘rniga aksiz solig‘i joriy qilingan edi.

Mazkur yig‘im turini tartiblashtiruvchi Nizomni tasdiqlashga oid Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjat loyihasiga muvofiq, maxsus yig‘im 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘imni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini joriy qilinishi mumkin.

Belgilanishicha, maxsus yig‘im miqdorlarini mahalliy hokimliklar belgilaydilar.
Bunda hokimliklar:
  • maxsus yig‘im miqdorlari bo‘yicha takliflarni keng jamoatchilik muhokamasi asosida,
  • muayyan ma’muriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib,
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda,
  • kelgusi yillar uchun Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini tuzish va ko‘rib chiqish bilan bog‘liq muddatlarda,
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ma’qullangandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlariga asosan belgilaydilar.

So‘ng hokimliklar maxsus yig‘im miqdorini Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga va hududiy moliya boshqarmalariga hamda avtomobillarga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalariga ijro uchun yuboradilar.

Avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan yetkazilgan maxsus yig‘im miqdorlarini avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni chakana narxi ustiga qo‘shib realizatsiya qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘im turi 2019 yil 1 yanvarga qadar ham amalda bo‘lgan. O‘shanda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq o‘rniga oxirgi iste’molchiga benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilayotganda undiriladigan aksiz solig‘i joriy etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobil yoqilg‘isi ishlatganlik uchun yig‘im joriy etiladi