17:45 / 08.11.2020
2 156

Yoningizda kimdir aksirsa, koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?

Yoningizda kimdir aksirsa, koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?
Foto: «News.yandex.ru»
Agar jamoat joyida kimdir aksirsa, qo‘lqopni antiseptik bilan ishlov berish, niqob va qo‘lqopni almashtirish, yuz va burunni yuvish kerak, dedi rossiyalik mutaxassis Antonina Ploskireva.

«Jamoat joyida o‘tkir respiratorli infeksiyaga chalingan odamga duch kelganda u bilan aloqada bo‘lgandan so‘ng qo‘lqopni antiseptik bilan ishlov bering, ishlatilgan niqobni qoidaga ko‘ra — tashqi tomonini ushlamagan holda yechib, yangi niqob va qo‘lqopga almashtirish, yuz va burunni yuvish zarur», — dedi Ploskireva.

Uning ta’kidlashicha, jamoat joylarida qo‘lqop va niqobda bo‘lish kerak, shunda virusni yuqtirish xavfi sezilarli darajada kamayadi.
Ploskirevaning so‘zlariga ko‘ra, preparatlarning aynan COVID-19 profilaktikasi uchun samarasi isbotlanmagan.

«Organizmni sog‘lom holatda saqlash uchun sog‘lom turmush tarziga rioya etish — to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlarni tark etish zarur», — deya tushuntirdi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoningizda kimdir aksirsa, koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?