Foto: Telegram / Sirdaryo
Ijtimoiy tarmoqlarda «Gulistonda ‘GAI’ xizmat mashinasi Mercedes va Niva to‘qnashdi» sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Unda aytilishicha, svetofor qizil chirog‘idan o‘tib ketgan YHXB xizmat mashinasi zarb bilan urilishi oqibatida Niva ag‘darilib ketgan. Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, 7 noyabr kuni soat 08:20 larda Sirdaryo viloyati IIB navbatchilik qismidan Guliston shahar hududida IIB xodimi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, Guliston shahar Guliston ko‘chasi hamda O‘zbekiston shox ko‘chasi kesishmalarida shahar YHXBga tegishli Mercedes Ye-240 rusumli avtomashinasi bilan oq rangli Niva («Lada 4x4») avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomashinalar turli xil ko‘rinishda texnik shikastlangan.
Hodisa oqibatida Niva haydovchisi va uning yo‘lovchisi tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialining tez yordam bo‘limiga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?