Foto: «Depositphotos»
Og‘iz bo‘shlig‘i uchun chayuvchi vositadan foydalanish koronavirus pandemiyasi davrida qo‘l yuvish, ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish, qo‘lqop kiyish kabi kundalik himoya choralarini to‘ldirishi mumkin. Bunday xulosaga xalqaro «Microbac Laboratories» laboratoriyasi tadqiqotchilari kelishgan.
Xabarlarga ko‘ra, tadqiqotchilar tarkibida CPC (Cetylpyridinium Chloride — setilpiridinium xlorid) konsentratsiyasi 0,07% bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ini chayuvchi vositani aniqlashdi. U koronavirus shtammi faolligini 99,9%ga bostiradi.
«Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, tarkibida CPC konsentratsiyasi 0,07% bo‘lgan chayuvchi vosita SARS-CoV-2 virusi shtammi faolligini atigi 30 soniyada, ya’ni chayish uchun tavsiya etilgan vaqtdan so‘ng 99,9%ga bostiradi», — deya xabar berishdi Angliya-Niderlandiyaning «Unilever» kompaniyasi.
Ta’kidlanishicha, chayuvchi vosita virusning odamdan odamga yuqishini to‘liq to‘xtatishga kafolat bermaydi.
Setilpiridinium xlorid (CPC) — og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasida tish karashi va kariyesning oldini olishda samarasi tasdiqlangan mikroblarga qarshi tarkibiy qism. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?