12:02 / 13.11.2020
2 464

Oilaviy nizo sababli qaynonaga hukm o‘qildi

Oilaviy nizo sababli qaynonaga hukm o‘qildi
2020 yil 13 oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sayyor sud majlisi Xatirchi tumani Fidokor mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib, sud majlisida nabirasini himoya qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1967 yilda to‘g‘ilgan Xamrayeva Anora (shaxsi o‘zgartirilgan) 2020 yil 26 avgust kuni soat tahminan 19:00da Xatirchi tumani Fidokor MFY hududida joylashgan yashash xonadonining orqa tomonida voyaga yetmagan nabirasi Sultonaliyev Abdizoyir Jabbor o‘g‘lini Samarqand shahar “Obod maskan” MFY hududidagi yashash xonadoniga olib ketish uchun kelgan sobiq kelini Qaxxorova Oybarchin Abdullayevna bilan oldindan kelib chiqqan oilaviy nizo sababli janjallashib qolib, janjal vaqtida O.Qaxxorovani qasddan tanasining burun soxasiga qo‘li bilan urib Xatirchi tumani STEBning 29.08.2020 yildagi №816-sonli xulosasiga ko‘ra, “sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati” yetkazgan.

Sud, A.Xamrayevani sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 109-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, shu modda bilan 10 (o‘n) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Xatirchi tuman sudi sudyasi yordamchisi
Z.Hamdamov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oilaviy nizo sababli qaynonaga hukm o‘qildi