08:00 / 14.11.2020
3 128

«Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinyapti». Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoning sobiq hokimi haqida gapirdi

«Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinyapti». Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoning sobiq hokimi haqida gapirdi
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi issiqxonada, Zafar Ro‘ziyev — orqa fonda o‘ngdan birinchi, 2018 yil 13 dekabr.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kunidagi viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev haqida ham to‘xtaldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Davlat rahbari yig‘ilish avvalida viloyat o‘z salohiyatiga mos yashamayotganini keskin tanqid qilib, bunga sobiq hokim Zafar Ro‘ziyev sababchiligini ta’kidladi.

«Janobi Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinyapti hammasi. Qashqadaryo zo‘r, gazi bor deb yuravergan ekanmiz. Viloyat respublika gazining 63 foizini beradi. Ammo odamlarda gaz yo‘q, suv yo‘q. Qani adolat?», — degan davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, viloyat barcha sohada respublikada ortda qolayotganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, oxirgi 10 yil ichida yalpi ichki mahsulotdagi viloyat ulushi 9,4 foizdan 7,1 foizga, sanoatdagi ulushi esa 11 foizdan 6 foizga tushgan.

Prezident viloyatning ayni kundagi rahbari Zoir Mirzayev haqida ham fikr bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev raisligida Qarshi shahrida 2020 yil 13 noyabr kuni o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida viloyat hokimi Zoir Mirzayev turib, Prezidentning so‘zlarini tinglamoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Zoir Toirovich — sinalgan kadr. Tajribasi bor. Qashqadaryoni o‘zgartirish uchun olib kelingan», — degan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 26 oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining 4 nafar rahbari — Zafar Ro‘ziyev, Botir Yusupov, Dilshod Tursunboyev hamda Ravshanjon Nasimov ishdan olingach, Zoir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 2020 yil 13 yanvar kuni esa Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinyapti». Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoning sobiq hokimi haqida gapirdi