2 632
Shavkat Mirziyoyev: «Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozilgan»
Prezidentga xat yozayotgan qashqadaryoliklarning aksariyati Shavkat Mirziyoyevdan ko‘priklar qurib berishni so‘ragan. Bu haqda davlat rahbari 13 noyabr kuni Qarshida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi 21 600 kilometr avtomobil yo‘lining 8 700 kilometri bugungi kunda yaroqsiz holga kelgan. Hududdagi 1,5 mingta ko‘prikning 86 tasi esa umuman foydalanib bo‘lmaydigan holatda.
«Qishloqda yashayotgan odamlar rozimi? Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozishgan», — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga murojaat qilarkan.
Qayd etish joiz, ko‘priklar — Qashqadaryo tumanlaridagi dolzarb muammolardan. Deyarli har yili viloyatning chekka va uzoq qishloqlari aholisi ishdan chiqqan, nobop va qo‘lbola ko‘priklardan aziyat chekayotgani haqida maqolalar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin