Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi sobiq «Kichkintoylar bog‘i»da bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
6 gektarni egallagan mazkur hududda UMS Holding asoschisi, mashhur tadbirkor hamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun’iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi.
— Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi, — dedi viloyat hokimi.
Shavkatjon Abdurazzaqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e’tibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"