Ijtimoiy tarmoqlarda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun kontrakt to‘loviga yo‘naltirilgan daromadlarga joriy etilgan soliq imtiyozlari borasida tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi o‘z munosabatini bildirdi.
Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandida jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandi yoki eri (xotini)ning ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan qismi daromad solig‘idan ozod etilishi belgilangan.
Soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning, shu jumladan, ta’lim krediti va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni qaytarish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning quyidagi qismlari bo‘yicha qo‘llaniladi:
- soliq to‘lovchining yoshidan qat’i nazar o‘zining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
- soliq to‘lovchining yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
- soliq to‘lovchining yigirma olti yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi