22:34 / 16.11.2020
2 571

“Lirika”ning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

“Lirika”ning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining tezkor xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashina salonida bir dona qog‘oz qutiga joylangan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 40 million so‘mlik 3360 dona kuchli ta’sir etuvchi “Lirika” dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lirika”ning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi