20:36 / 17.11.2020
2 299

Surxondaryoda «samosud» uyushtirib, janjal sodir etgan guruhga nisbatan jinoiy ish ochildi

Surxondaryoda «samosud» uyushtirib, janjal sodir etgan guruhga nisbatan jinoiy ish ochildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh sport maktabi tarbiyalanuvchilari «samosud» uyushtirib, katta janjal keltirib chiqardi nomi ostida video tarqaldi. Tergov departamenti video bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 3 noyabr kuni sport maktabi direktori 31 yoshli Bekzod D. va 25 yoshli Jahongir A. orasida kelib chiqqan janjal natijasida, maktab direktoriga tan jarohati yetkazilgan.

So‘ngra 4 noyabr kuni soat 16:30 da Sho‘rchi tumanida yashovchi 37 yoshli Shuhrat E. o‘zining murabbiyi bo‘lgan sport maktab direktori Bekzod D.ga yetkazilgan tan jarohati uchun o‘ch olish maqsadida, o‘zining tanishlari 28 yoshli Abduvosit A., 26 yoshli Jasurbek A., 28 yoshli Bahodir D., 31 yoshli Jahongir U., 25 yoshli Oybek P., Azizbek Q., 29 yoshli Azamat H., 29 yoshli Sundarbek X.lar bilan birgalikda Sho‘rchi tumani, «Bobur» mahallasida joylashgan oshxonaga boradi.

Ular oshxonada choy ichib o‘tirgan, 25 yoshli Jahongir A. va uning o‘rtoqlari 24 yoshli Xurshid A. hamda 26 yoshli Ravshan N.ning yoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan bita hamda qo‘llariga tushgan stul va boshqa jismlar bilan 25 yoshli Jahongir A.ni urgan.

Shu vaqtda ular Jahongir A.ning yonida o‘tirgan 26 yoshli Ravshan N. va 24 yoshli Xurshid A. bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rib, ajratmoqchi bo‘lgani sababli ularni ham urib do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan holda bezorilik jinoyatini sodir etishgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, fuqaro Jahongir A. va Xurshid A. ga «yengil» tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 5 noyabrda Sho‘rchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Shuhrat E. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b, v» (bir guruh shaxslar tomonidan hamda sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalar bilan bezorilik sodir qilish) va 277-moddasi 3-qismi «g» (bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida 28 yoshli Abduvosit A., 26 yoshli Jasurbek A., 28 yoshli Bahodir D., 31 yoshli Jahongir U., 25 yoshli Oybek P., Azizbek Q., 29 yoshli Azamat H., 29 yoshli Sundarbek X., va 37 yoshli Shuhrat E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, har biriga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, tergov yakuniga ko‘ra, yuqoridagi holatda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanadi.

Avvalroq Navoiyda bo‘yniga arqon bog‘lanib «samosud» qilingan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani hamda Sergelida bir ayolni qiynab, uni tahqirlagan 3 nafar ayol qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda «samosud» uyushtirib, janjal sodir etgan guruhga nisbatan jinoiy ish ochildi