Sifati kafolatlanmagan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirish, shuningdek, pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda saqlashga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Uchqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaro M.Sh.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu xonadonda yurtimizga qo‘shni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan, sifati kafolatlanmagan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 200 million so‘m bo‘lgan kiyim-kechak va parfyumeriya vositalari, maishiy texnika hamda tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu xonadonda 57 600 dona pirotexnika vositalari saqlanayotganligi ham aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi