3 649
«Har kuz-qishida shu bo‘lar takror» – gaz zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelmoqda
Farg‘onada metanga navbat.
Olimjon Haydarov fotosi.
Farg‘ona viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 2020 yil 19 noyabr kuni umuman faoliyat ko‘rsatmagan. Bunga zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar sabab bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda «Daryo».
Qayd etilishicha, Farg‘onadagi 117 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 2020 yil 1 noyabrdan boshlab tong soat 06:00 dan kech soat 18:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazilgan.
Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga har kuni soat 18:00 dan tonggi soat 6:00 gacha gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.
So‘nggi kunlarda viloyatdagi gaz zapravkalar oldida navbatlar yuzaga kelishni boshlagan. Ayrimlarida esa kunduzi ham gaz yetkazib berishda soatlab uzilishlar kuzatilmoqda.
Haydovchilarning ma’lum qilishicha, turnaqator navbatlar tufayli avtomobilga gaz to‘ldirish uchun ikki-uch soat, ba’zida besh-olti soat vaqt ketmoqda.
Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar boshqa viloyatlarda ham o‘rnatilmoqda. Xususan kuni kecha «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali Sirdaryo viloyatida shu yilning 1 dekabrigacha hududda joylashgan avtomabillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ta’minoti kech soat 19.00 dan ertalab soat 07.00 ga qadar cheklanishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi