Ichki ishlar vazirligi ayol kishini yechintirib, jarayonni videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy yilning 22 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm shevasida so‘zlayotgan bir guruh ayollar tomonidan boshqa bir ayol kishini qizlik iffati yo‘qligini ro‘kach qilib yechintirib uyali telefoni orqali olgan videotasvir tarqaldi.
Ushbu videolavhadagi holat qachon, qayerda sodir bo‘lganligi va jarayon ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borildi.
Olib borilgan surushtiruv jarayonida mazkur holat joriy yilning 7 oktabr kuni Urganch shahrida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Jarayon ishtirokchilarining shaxsi to‘liq aniqlangan bo‘lib, tergov manfaatlari va jabrlanuvchining shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash maqsadida ishtirokchilarning ism-shariflari oshkor etilmaydi.
Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda turli ko‘rinishda foydalanish qonun bilan ta’qib qilinadi.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan shaxslarning javobgarlik masalasi ham ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)