Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari yo‘nalishli avtobusda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtobus joriy yilning 24 noyabr kuni soat 06:13da Toshkent kichik halqa yo‘lida, 116-sonli yo‘nalishli avtobus haydovchisi ilk yo‘lovchilarni olib ketish maqsadida avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan.
Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi. Soat 06:26da yong‘in qurshab olingan va soat 06:39da to‘liq bartaraf etildi.
Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o‘z vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin