Koronavirusga qarshi eng samarali vaksinalar insonga ikki marta kiritilishini nazarda tutadi. Biroq bu vaksinaning birinchi qismini olgan inson uni ikkinchi marta olishga kelmasligi xavfini bir necha marotaba oshiradi va shu tariqa vaksina samarasini yo‘qqa chiqaradi.
“Ushbu vaksinalarning zaif tomoni aynan shunda. Odamlar birinchi vaksinani olishi, biroq ikkinchi vaksinani olishga kelishni unutishi yoki emlashga qarshi chiquvchilar “o‘gitlari”ga amal qilib, umuman kelmasligi mumkin”, deb aytgan Jorj Meyson universiteti (AQSH) tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, agar odamlar vaksinaning ikkinchi marta kiritilishiga bee’tiborlik qilsa, ommaviy emlash kampaniyasining samarasi deyarli yo‘qqa chiqadi.
Baranovaning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Xitoyda bir marta kiritilishi nazarda tutilgan vaksina ishlab chiqilmoqda, biroq uning qanchalik samarali ekani hozircha noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi